"TIQXMMI" MTU

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"
Milliy tadqiqoqt universiteti.

Platformaga Kirish

"TIQXMMI" MTU, Iqtisodiyot fakulteti

Ta'lim tizimini nazorat qilish va ustozlarni baholash uchun mo'ljallangan platforma

Telegram Bot

Talabalar Telegram botdan o‘zlarining shaxsiy id va parollari orqali ro‘yxatdan o‘tishadi va har bir talabaga biriktirilgan dars jadvali bo‘yicha darsning yakunida talabaga avtomatlashtirilgan holda xabar yuboriladi, bu xabarda "Ustozning pedagogik mahoratiga baho bering" deb yozilgan bo‘ladi, keyin talaba baho beradi va o‘z fikrlarini bildiradi, natijalar esa platformaga saqlanadi.

Admin Platforma

Admin platformaga esa faqat ruxsat etilgan shaxslar kira oladi bular odatda dekanat a’zolari hisoblanadi, platformaning vazifalari Talabalar,Ustozlarni ro‘yxatdan o‘tqazish dars jadvallarini nazorat qilish, fan va guruhlarni nazorat qilish va eng asosiysi ustozlarga qo‘yilgan baholarni kuzatib ularni o‘rtacha bahosi (1-5-oralig‘ida) va foiz ko‘rsatgichini kuzatib borish bo‘ladi.

Natija

Natijada esa har bir ustozga qo‘yilgan baho, fikr va foiz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda o‘qituvchiga ogohlantirish berish va kerakli chora tadbirlarni ko‘rish imkoniyati bo‘ladi buning natijasida esa fakultetning ta’lim sifatida sezilarli darajada o‘zgarish bo‘ladi. Buning barchasi ta’lim sifatini yaxshilash va talabalarni sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun qilinmoqda.

IQTISODIYOT FAKULTETI

Fakultetning rivojlanish tarixi va faoliyati.

Tarixi

1974-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidrotexnik inshootlar” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish 1976-yilga borib mustaqil fakultetga aylantirildi.

Rivojlanishi

Fakultet 2004-yildan “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti”, 2015-yildan “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 24 maydagi PQ-3003 “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib keldi.

Hozirgi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021-yil PQ-42-son "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori asosida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tarkibida 2023-yil 1 fevraldan “Iqtisodiyot” fakulteti sifatida qayta nomlanib zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya xonalari, yuqori malakali pedagog xodimlarning o‘quv va ilmiy, ilg‘or pedagogik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan holatda samarali faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.